Bahora tug‘ma darddan to‘liq forig‘ bo‘lishi uchun ikkinchi operatsiyaga yana yordam kerak
Tug‘ma yurak porogiga duchor bo‘lgan Kattaqo‘rg‘onlik Bahora Sayidova ko‘pchilikning yordami bilan Hindistonda birinchi operatsiyasini muvaffaqiyatli o‘tkazib kelgani haqida avval xabar bergan edik.
Uning onasi Marhabo Tojiyeva O‘zbekistonga qaytgach, kamera qarshisida barcha yordam berganlarga o‘z minnatdorchiligini bildirgan edi.
Oradan bir yarim yilcha vaqt o‘tdi. Dastlabki operatsiya asoratlaridan tiklangan Bahora to‘liq darddan forig‘ bo‘lishi uchun yana bitta murakkabroq operatsiyani boshidan o‘tkazishi kerak.
Bahora ancha o‘nglanib qolgan. Maktabda tengdoshlari qatori qatnab bilim olmoqda. Lekin baribir kasallikdan to‘liq forig‘ bo‘lmaganligi sababli tezda toliqib qolmoqda. Onasi ham shu maktabda ishlaganligi sababli u doimiy nazoratda bo‘lib turibdi.
Operatsiya dastlabki operatsiya o‘tgan joyda — Hindistonda qilinadi. Operatsiyaga barcha xarajatlari bilan 10 ming dollarcha pul ketar ekan.
Oilaning qo‘li yupqa. Ota ishsiz, Marhabo opa maktabda o‘qituvchilik qiladi. Ona yana Kun.uz orqali xalqimizga murojaat qildi.
Biz saxovatpesha xalqimizdan Bahoraning batamom darddan forig‘ bo‘lishida o‘z ko‘maklarini ayamaslikka chorlab qolamiz. Keling, ko‘pchilik bo‘lib bir murg‘ak qiz to‘liq tuzalishi uchun yordam beraylik!
Shu o‘rinda Kun.uz jamoasi ham e'lon qilinayotgan xayriya aksiyalarimizga befarq bo‘lmagan vatandoshlarimizga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tadi. Savob va xayrli ishlar qilishdan charchamang. Qilgan yaxshiliklaringiz sabab rizqingizga rizq, umringizga umr qo‘shilsin azizlar!
Xayriya aksiyasida ishtirok etmoqchi bo‘lganlar uchun:
Bahora Sayidovaning onasi Marhabo Tojiyeva nomiga ochilgan plastik kartochkalar:
UZCARD: 8600 0423 8352 9657
HUMO: 9860 0301 0106 6675
Shuhrat ShOKIRJONOV va Faxriddin HOTAMOV tayyorlashdi
Hurmatli "UZCARD" kartochka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!
Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvchi SMS xabarlarni (masalan, To'lovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oshkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartochkasidan o‘tkazib berayotgan noma'lum shaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tushayotgan SMS — kodlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilmoqchi bo‘layotganini sezgan bo‘lsangiz, bilingki ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan kartochka hisob raqamingizdagi pul mablag‘larini o‘g‘irlashga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablag‘lari o‘g‘irlanayotganini sezgan bo‘lsangiz, darhol kartochkangizni olgan bankingizga kartani bloklash uchun murojaat qilishingiz yoki ushbu amaliyotni bevosita o‘zingiz mobil yoki veb ilovada bajarishingiz mumkin.
Mavzuga oid
22:14 / 14.08.2024
Yangi Zelandiyada 300 dan ortiq oilaga tarkibida o‘limga olib keluvchi metamfetamin bo‘lgan konfetlar tarqatildi
12:33 / 27.01.2023
"Bolalarim to‘shakka mixlanib qolishidan qo‘rqaman" - ikki farzandi og‘ir xastalikka chalingan ona iztirobi
11:58 / 30.12.2022
“Onam uchun jigarimni beraman”- farzandlari uchun yashashga kuch topayotgan ona o‘kinchi
12:20 / 16.12.2022