Jahon | 13:46 / 19.01.2020
10283
2 daqiqa o‘qiladi

Foiz Saroj Liviyaga xalqaro kuchlarni yuborishga chaqirdi

Foto: AP

Liviya milliy armiyasi qo‘mondoni Xalifa Haftar o‘z hujumini to‘xtatmasa, xalqaro hamjamiyat Liviyaning tinch aholisini himoyalash bo‘yicha harakatlar amalga oshirishi lozim. Bu haqda Liviya Milliy kelishuv hukumati rahbari Foiz Saroj Welt nemis nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.  

Saroj, shuningdek, Yevropa Ittifoqining Liviya ixtilofini tartibga solishdagi “kamtarona” harakatlarini tanqid qilgan.  

“Biz himoya kuchlarini o‘z hukumatimizni emas, balki 9 oy davomida tinimsiz bombardimonga uchragan Liviya aholisini himoya qilish uchun qarshilagan bo‘lardik”, deb aytgan siyosatchi.

Uning ta'kidlashicha, xalqaro kuchlar BMT rahnamoligida harakat qilishi lozim. Bu kuchlar Yevropa Ittifoqi, Afrika ittifoqi yoki Arab davlatlari ligasi kuchlari bo‘lishi mumkin. 

19 yanvarda Berlinda Liviyadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi. Unda Liviyadagi ixtilofning barcha tomonlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Mavzuga oid