O‘zbekiston | 11:23 / 20.01.2020
20155
1 daqiqa o‘qiladi

«Hech qanday ish qilmagan odamgina xato qilmaydi». Prezident saylovlardagi kamchiliklar haqida gapirdi

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda. 

«Saylovlarda kamchiliklar ham bo‘ldi. Masalan, Toshkentda saylovda qatnashganlar kam bo‘ldi. To‘g‘ri biz katta shahar, tendensiya deymiz. Lekin biz o‘zimizni aldayapmiz. 

Sizlar har oyda saylovchilar bilan uchrashing, kelinglar biz shu tendensiyani yo‘q qilaylik. Mana shunday qilsak, kelgusi saylovlarda ahvol o‘zgaradi. 

Teodor Ruzvelt aytganiday, hech qanday ish qilmagan odamgina xato qilmaydi. Ammo bu xato takrorlanmasligi uchun qonun, strategiyamizni, qarashlarimizni o‘zgartirishimiz kerak.

Albatta, saylov jarayonidagi har bir qonun buzilishi holatlari yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar ishladi va ishlayapti», - dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Mavzuga oid