O‘zbekiston | 11:52 / 20.01.2020
7689
2 daqiqa o‘qiladi

Ibrohim Abdurahmonov «Skolkovo» direktorlar kengashi raisi, milliarder Viktor Vekselberg bilan uchrashdi

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi

Joriy yilning 17 yanvar kuni “Skolkovo” jamg‘armasi direktorlar kengashi raisi, “Renova” kompaniyalar guruhi direktorlar kengashi raisi Viktor Vekselberg rahbarligidagi delegatsiyani innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov qabul qildi.

I.Abdurahmonov Innovatsion rivojlanish vazirligi delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga, jumladan, “Skolkovo” texnoparkiga qilingan tashrif davomida erishilgan kelishuvlar va ular bo‘yicha hozirgi kunda olib borilayotgan ishlar borasida gapirib berdi.

V.Vekselberg o‘z navbatida innovatsiyalarni rivojlantirish maqsadida vazirlikning tashkil etilishi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning, jumladan iqtisodiyotni rivojlantirishda ustuvor natijasining yorqin namunasi ekanligini ta'kidlar ekan, Rossiya tomoni o‘zbekistonlik hamkorlar bilan hamkorlik uchun keng imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.

Rossiya delegatsiyasi o‘z navbatida Innovatsion rivojlanish vazirligi mutasaddilarini 2020 yil may oyining ikkinchi yarmida “Skolkovo” jamg‘armasining 10 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda qatnashishga taklif etdi. 

Uchrashuv natijalariga ko‘ra, innovatsion rivojlanish vaziri I.Abdurahmonov va “Skolkovo” jamg‘armasi direktorlar kengashi raisi V.Vekselberg o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirish borasida aniq takliflarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda hamkorlik olib borishga kelishib oldilar.

Mavzuga oid