O‘zbekiston | 12:43 / 20.01.2020
75924
2 daqiqa o‘qiladi

«Ko‘pi qaytib kelib, ishlashga rozi emas» - Prezident xorijdagi o‘zbekistonlik mutaxassislar haqida 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

«Men nima uchun vazirliklar, ko‘p-ko‘p joylarga yoshlarni qo‘yyapman. Ko‘p odamlarga yoqmaydi, menga yoqadi. Biz hammamiz kechagi zamonmiz, biz vaqtincha odamlarmiz, bizning zamonimiz boshqa. Hozir yosh vazirlarni qaranglar, to‘rtta tilni biladi, raqobatbardosh, gaplashishi ham dadil. Biz qo‘rquv zamonida yashaganmiz, ana shu asorati bizda qolgan. U og‘ir asorat, u asoratdan chiqish uchun yangi odam paydo bo‘lishi kerak, yangi jamiyat paydo bo‘lishi kerak. Biz shu jamiyatni paydo qildirishimiz kerak. 

Mana, ertaga qo‘shma majlisda bosh vazirni saylaymiz, vazirlarni tavsiya qilamiz. Juda qiyin, qani endi yoshlar tayyor bo‘lganda. Nima uchun «umidchilar»ni olib kelyapman, boshqani olib kelyapman? Tanlashga. Fidoyi odam bo‘lsa, qancha bo‘lsa shuncha oylik berishga tayyorman. Millatparvar, xalqparvar bo‘lsa, qolganini men o‘sha... chetda o‘qigan bo‘lsa, millatparvar, xalqparvar bo‘lsa, hamma narsaga tayyorman. Lekin bir narsani aytaman: ko‘pi qaytib kelib, ishlashga rozi emas. Shuni ham bilishimiz kerak. Bu ham bizga saboq», - dedi davlat rahbari. 

Mavzuga oid