Toshkentda Starbucks qahvaxonalar tarmog‘i ochilishi mumkin
Toshkent shahar hokimi Alshaya Group kompaniyasining mintaqaviy vakili Nenji Menxotra bilan uchrashdi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabarida aytilgan.
Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlik masalalarini, xususan, Toshkentda jahonga mashhur Starbucks qahvaxonalari tarmog‘ini ochish istiqbollarini muhokama qildilar.
Kompaniyaning mintaqaviy vakili Nenji Menxotra Toshkent shahri hududida 4 va 5 yulduzli mehmonxonalarni qurish loyihasiga katta qiziqish bildirdi.
Xorijiy tomon yaqin besh yilga mo‘ljallangan demografik o‘sish ko‘rsatkichlariga asoslanib, shahar infratuzilmasi va kommunikatsiyalarini rivojlantirish masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi.
Uchrashuv natijalariga ko‘ra, xorijiy tomon Starbucks qahvaxonalari tarmog‘i va mehmonxonalarni ochish loyihasini amalga oshirish uchun zaruriy hujjatlarni tayyorlashi haqida ma'lumot berdi.
Alshaya Group – chakana franshizaning yetakchi xalqaro operatori bo‘lib, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika, Rossiya, Turkiya va Yevropada 90 ta iste'mol brendlariga hamda ko‘chmas mulk, qurilish, mehmonxonalar, avtomobil va umumiy savdo sohasida xoldinglarga egalik qiladi.
Mavzuga oid
07:30 / 21.09.2024
Toshkentda mashinasini sotishni aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
14:28 / 20.09.2024
Sergelida BYD urib yuborgan o‘quvchi qiz vafot etdi
12:20 / 20.09.2024
Toshkentda tezligi yuqori BYD maktab o‘quvchisini urib yubordi
18:58 / 19.09.2024