Light | 21:12 / 22.01.2020
25705
2 daqiqa o‘qiladi

Sog‘liq uchun eng yaxshi sport turi ma'lum qilindi 

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, suzish sog‘liq uchun eng foydali sport turi bo‘lib, u bilan muntazam shug‘ullanish hayotni uzaytirishi mumkin. Bu haqda Express.co.uk portali xabar berdi.  

20 yoshdan 90 yoshgacha 40 mingdan ko‘proq erkakni qamrab olgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, suzish bilan shug‘ullanuvchilarda o‘lim xavfi darajasi yugurish yoki piyoda yurish bilan shug‘ullanuvchilarnikidan 50 foiz pastroq bo‘lgan. Tadqiqot ishtirokchilari ortidan 32 yil davomida kuzatuv olib borilgan.

AQShning Janubiy Karolina universiteti professori Stiven Bler suzish yurak-tomir tizimining jismoniy yuklamalarga bardosh bera olish qobiliyati -kardiorespirator bardoshligini yaxshiroq oshirishini aniqlagan.

Olimning ta'kidlashicha, bu sport turi barcha, jumladan surunkali kasalliklarga ega odamlar uchun a'lo darajada mos keladi.

Garvard universiteti professori Ay-Min Li esa suzishni artritdan aziyat chekuvchi yoki ruhiy holatini yaxshilamoqchi bo‘lganlar uchun “a'lo darajadagi mashg‘ulot” deb atagan.

Shuningdek, Garvard universiteti olimlari suzish bilan muntazam shug‘ullanish yurak-tomir kasalliklaridan o‘lish xavfini 41 foizga kamaytirishi mumkinligi haqidagi xulosaga kelishgan. Bundan tashqari, suzish jarohat va operatsiyalardan keyin tiklanayotganlar uchun ham maqbul hisoblanadi. 

Mavzuga oid