O‘zbekiston | 17:22 / 31.01.2020
12685
2 daqiqa o‘qiladi

Konsullik ro‘yxatida turuvchi O‘zbekiston fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini berish tartibi tasdiqlandi

Foto : KUN.UZ

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan konsullik ro‘yxatida turuvchi O‘zbekiston fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish, berish va almashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Qaror bilan Vazirlar Mahkamasining 'O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga pasportlar, xorijiy shaxslarga, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga yashash guvohnomalari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomalari berish hamda almashtirishni tashkil etish to‘g‘risida” 1994 yil 27 dekabrdagi 624-son qarori o‘z kuchini yo‘qotdi. 

Qarorga ilova qilingan nizomga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari xorijga chiqadigan hollarda ularga xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtiriladi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ”O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibini takomillashtirishga doir muhim chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017 yil 16 avgustdagi PF-5156-son Farmonining Z-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

Nizomda ko‘rsatilishicha, xorijdagi fuqarolar ham xorijga chiqish biometrik pasportiga ega bo‘lishlari shart.

Xorijda doimiy yashaydigan va doimiy konsullik ro‘yxatida turadigan O‘zbekiston fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti uning egasining xorijda shaxsini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi, shuningdek, u O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan davrida davlat xizmatlaridan foydalanish uchun haqiqiydir.

Xorijga chiqish biometrik pasporti fuqarolarga quyidagi amal qilish muddatlariga beriladi:

tug‘ilgan kunidan boshlab bir yoshgacha — ikki yil muddatga; bir yoshdan 16 yoshgacha — 5 yil muddatga; 16 yoshdan oshgan shaxslarga — 10 yil muddatga.

Mavzuga oid