Ichki ishlar vazirligi YHXBB boshlig‘iga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari-yo‘l harakati xavfsizligini muvofiqlashtirish boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi.
Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, endilikda polkovnik Jamshid Abduxakimovich Karimov Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari-yo‘l harakati xavfsizligini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egalladi.
U bu lavozimda Ravshan Azadbekovich Yunusmetov o‘rnini egalladi. Polkovnik Ravshan Yunusmetov Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
Jamshid Karimov bunga qadar Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari-yo‘l-patrul xizmati brigadasi komandiri lavozimida faoliyat yuritayotgandi.
Bundan avvalroq polkovnik Ulug‘bek Musayev Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining probatsiya va jazoni ijro etish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
21:18 / 08.09.2024
Otabek Umarov Osiyo Olimpiya Kengashining mintaqaviy vitse-prezidenti bo‘ldi
19:01 / 03.09.2024
Prezident yig‘ilishida ishdan olingan Mingbuloq tumani hokimi yangi lavozimga tayinlandi
15:52 / 27.08.2024
To‘raqo‘rg‘on tumaniga yangi hokim tayinlandi
12:30 / 18.08.2024