Pokiston koronavirus sababli Xitoy bilan to‘xtatilgan aviaaloqani qayta yo‘lga qo‘ydi
Pokiston yangi koronavirus sababli dunyoning ko‘plab davlatlari va aviakompaniyalari Xitoy bilan aviaaloqani to‘xtatayotgan bir paytda u bilan vaqtinchalik to‘xtatilgan aviaaloqani qayta yo‘lga qo‘yishga qaror qildi.
Pokiston hukumati Xitoy bilan parvozlarni to‘xtatganidan 3 kun o‘tib ularni yana qayta boshlashini ma'lum qildi. Bu haqda Express Tribune nashri xabar berdi.
“Biz Xitoy bilan aviaaloqani qayta yo‘lga qo‘ymoqdamiz”, deb aytgan Pokiston aviatsiya vaziri Abdulsattor Xoxar.
Parvozlar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yangi koronavirus tarqalishini xalqaro miqyosdagi favqulodda holat deb e'lon qilgandan keyin 31 yanvardan to‘xtatilgandi.
Avvalroq Pokiston bosh vazirining sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha yordamchisi Zafar Mirza Pokiston Xitoydan yangi virusni aniqlash uchun kamida mingta to‘plam olganini ma'lum qilgan.
4 fevral kunidan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi koronavirus tarqalishi sababli Xitoyga (Pekin va Urumchi) muntazam reyslarni vaqtincha to‘xtatadi.
Mavzuga oid
20:17
Pokistonda to‘y avtobusi daryoga qulashi oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi
19:27
Pokiston va Hindistonni qoplagan tutun koinotdan ko‘rina boshladi
15:12 / 09.11.2024
Pokistondagi stansiyada terakt: 24 kishi halok bo‘ldi
21:39 / 08.11.2024