O‘zbekiston | 15:56 / 08.02.2020
10624
2 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro yo‘nalishda qatnaydigan poyezdlar soni yana bittaga ko‘paymoqda

Bugundan Andijon – Ufa – Andijon yo‘nalishida muntazam qatnovlar boshlanadi 

Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari

Bugun, 8 fevral kuni soat 20:15da Andijon – Ufa – Andijon yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdining muntazam qatnovi boshlanadi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, vodiy viloyatlaridan mazkur yo‘nalishdagi MDH mamlakatlariga boradigan yo‘lovchilar Andijon, Marg‘ilon, Qo‘qon va Pop vokzallaridan jo‘nashlari mumkin. Chiptalarni joylardagi chiptaxonalarida xarid qilish mumkin yoki elektron tarzda rasmiylashtirish mumkin. 

Bildirilishicha, ichki reyslar uchun shunchaki printerdan chiqarilgan elektron chipta bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri poyezdga chiqish imkoniyati mavjud bo‘lsa, xalqaro reyslar uchun elektron chiptani temir yo‘l chiptaxonalarda davlatlararo kelishuvlarga muvofiq belgilangan shakldagisiga almashtirilishi shart. Safar davomida boshqa davlatlar nazoratchilari aynan belgilangan shakldagi chiptalarni tekshiruvdan o‘tkazadi. 

«Hozirgi kunda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ tomonidan ushbu masala borasida muzokaralar olib borilmoqda. Ya'ni yaqin kunlarda xalqaro reyslarga xarid qilingan elektron chiptalar ham faqat printerdan chiqarilgan shaklida safar davomida amal qilishi ko‘zda tutilgan», - deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid