Surxondaryoda sakkiz yoshli o‘g‘lini 2 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
Termiz shahrida yashovchi ayol voyaga yetmagan o‘g‘lini Angor tumanidagi oshxonalarning birida 2 000 000 so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan
Surxondaryo viloyati Angor tumanida 2020 yilning 5 fevral kuni Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departament viloyat boshqarmasi Angor tuman bo‘limi, Angor tuman Ichki ishlar bo‘limi, Angor tuman Davlat xavfsizlik xizmati va Angor tuman prokuraturasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmatiga ko‘ra, mazkur o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Termiz shahrida yashovchi U.M. ismli ayol voyaga yetmagan o‘g‘li, 2012 yilda tug‘ilgan M.M.ni fuqaro O.B. ismli ayolga Angor tumanidagi oshxonalarning birida 2 000 000 so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
13 fevral kuni holat yuzasidan U.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
18:38 / 11.12.2024
Markaziy Osiyoda odam savdosi ko‘rsatkichlari pasaymayapti – BMT
19:17 / 28.11.2024
Sakkiz yildan beri qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada qo‘lga olindi
15:24 / 25.11.2024
Turkiyada odam savdosi qurboniga aylangan o‘zbekistonlikka yordam ko‘rsatildi
22:30 / 25.10.2024