O‘zbekiston | 11:01 / 19.02.2020
4344
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga har yili 12 milliondan ortiq kishi tashrif buyurishini kutmoqdamiz - Abduhakimov

Toshkent shahrida Uzbekistan Airports, Aviation&Logistics Forum (UAALF-2020) xalqaro aviatsiya forumi ish boshladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qilmoqda.

Foto: KUN.UZ

Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov O‘zbekistonga kelgan turistlar soni va bu boradagi rejalar haqida aytib o‘tdi.

«2019 yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan xorijiy turistlar soni 6 mln 700 ming kishini tashkil etdi. Bu 2016 yilda O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soniga qaraganda 5 barobar ko‘pdir, o‘shanda faqatgina 1 mln 300 ming kishi kelgandi. 2025 yilga kelib O‘zbekistonga har yili 12 mln.dan ortiq kishi tashrif buyurishini kutmoqdamiz», - dedi bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi.

Bundan oldin, Aziz Abduhakimov O‘zbekiston har bir charter reysga necha ming dollar kompensatsiya taqdim etishini aytgandi. 

Mavzuga oid