O‘zbekiston | 12:05 / 21.02.2020
5294
3 daqiqa o‘qiladi

Xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni ochiqlandi

2020 yil 1 fevral holatiga xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni 267,1 mingtaga yetdi. 2019 yilning shu davriga nisbatan ularning o‘sishi 20,6 foizga oshdi.

Foto: Shutterstock

Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar tarkibida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlar yuqori ulushni (39,1 foiz) egallaydi. Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlarning ulushi 9,8 foizni tashkil etdi. Xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar tarkibida tashish va saqlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlarning ulushi 5,9 foizga yetdi. Axborot va aloqa faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlarning jami xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar tarkibidagi ulushi 3,0 foizga teng bo‘ldi. 

Sog‘liqni saqlash, shuningdek, ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning ulushi 3,0 foizni tashkil etdi. 

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 2020 yil yanvar oyida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 16,2 trln so‘mga yetdi. Uning nominal hajmi 2,8 trln so‘mga oshdi. 

Taqqoslama ekvivalentda, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur'ati 11,6 foizni tashkil etdi. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari jami hajmining o‘sishidagi asosiy omil moliyaviy xizmatlar 36,9 foizga (ko‘rsatilgan xizmatlar jami hajmining mutlaq o‘sishiga ta'siri 6,9 foiz punkt), transport xizmatlari 5,8 foizga (mutlaq o‘sishiga ta'siri 1,4 foiz punkt), savdo xizmatlari 4,3 foizga (mutlaq o‘sishiga ta'siri 1,0 foiz punkt), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 19,2 foizga (mutlaq o‘sishiga ta'siri 1,0 foiz punkt), ta'lim sohasidagi xizmatlarning 13,8 foizga (mutlaq o‘sishiga ta'siri 0,4 foiz punkt) o‘sishi hisoblanadi. 

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni transport xizmatlari egallaydi. Shunday qilib, 2020 yil yanvar oyida ularning ulushi 27,0 foizni tashkil etdi. Shu bilan birga, yuqori ko‘rsatkichlar savdo xizmatlari (24,2 foiz), moliyaviy xizmatlar (20,9 foiz), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari bo‘yicha (5,9 foiz) qayd etildi. 

Mavzuga oid