O‘zbekiston - Belarus o‘yini «Sport» telekanalida jonli translatsiya qilinishi kutilmoqda
Ertaga, 23 fevral kuni BAAda yig‘in o‘tkazayotgan O‘zbekiston milliy jamoasi Belarusga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Aynan shu o‘yinni o‘tkazgach Vadim Abramov jamoasi O‘zbekistonga qaytib keladi.
Ma'lum bo‘lishicha, bu o‘yin «Sport» telekanali orqali jonli translatsiya qilinishi kutilmoqda. O‘yin Toshkent vaqti bilan 18:00da Sharjadagi «Al Hamriya» stadionida boshlanadi.
Ma'lumot uchun, Belarus milliy jamoasi ayni damda FIFA reytingida 87-o‘rinda bormoqda. O‘zbekiston esa 85-pog‘onaga joylashgan. O‘zbekiston 2020 yildagi ilk rasmiy o‘yinini 31 mart kuni Bahraynda Yamanga qarshi o‘tkazadi. Guruhdagi qolgan jamoalar 26 martda o‘zaro o‘ynaydi va shu kuni O‘zbekiston Toshkentda Armanistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.
Mavzuga oid
22:17 / 07.11.2024
Lukashenko yana 31 nafar siyosiy mahbusni afv etdi
23:23 / 03.09.2024
Belarusda olimlar internetdan ro‘yxat bo‘yicha foydalanishga o‘tadi
23:43 / 28.08.2024
Shvetsiya 2020 yilgi namoyishlarda qatnashgan Belarus fuqarosiga boshpana bermadi. U vataniga deporatsiya qilingan zahoti qo‘lga olindi
20:54 / 18.08.2024