WSJ’ning Xitoydagi xodimlari nashr rahbariyatini mojaroli sarlavha uchun uzr so‘rashga chaqirdi
Nashrning bosh ofisi jurnalistlarning qiyin vaziyatga tushib qolganidan afsusda ekanligini, ammo sarlavhani o‘zgartirmasligini bildirdi va uzr so‘ramadi.
Wall Street Journal gazetasining Xitoydagi xodimlari nashrni "Xitoy - Osiyoning haqiqiy kasal odami" sarlavhasi uchun uzr so‘rashga chaqirdi.
Maqola 3 fevralda chop etilgan bo‘lib, unda Xitoy moliya bozorining holati sharhlangan. Xitoy hukumati va ijtimoiy tarmoqlardagi ko‘plab izohlarga ko‘ra, sarlavha irqchilik ohangini o‘z ichiga oladi.
Buning ortidan gazetaning Xitoydagi byurosida ishlaydigan uch nafar jurnalistning akkreditatsiyasi bekor qilingan va ularga mamlakatdan chiqib ketish uchun besh kun muhlat berilgan. Bu Xitoyning 1989 yildan buyon G‘arb jurnalistlariga nisbatan qo‘llagan eng yirik mana shunday chorasidir.
20 fevral kuni Wall Street Journal’ning xitoylik xodimlari bosh ofisga maktub yo‘llab, sarlavhani o‘zgartirishni va "sarlavhadan xafa bo‘lganlarning barchasidan" uzr so‘rashni iltimos qildi. Maktubga nashrning 53 nafar xodimi va boshqa nashrlarning bir nechta jurnalisti imzo chekkandi.
Nashrning Xitoydagi byurosi rahbari Jonatan Chen masalaning to‘g‘ri hal etilishi gazetaning Xitoyda faoliyat ko‘rsatishi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi mumkinligini alohida ta'kidlagandi.
22 fevral kuni gazeta vakillari "Xitoydagi WSJ xodimlari va ularning oilalari qanday jiddiy muammolarga duch kelayotganidan" afsusda ekanligini bildirishdi, ammo rasmiy ravishda uzr so‘rashmadi. Ular buning o‘rniga, "Xitoydan keladigan sifatli va ishonchli yangiliklarga ehtiyoj har qachongidan ham katta" ekanligini, nashr jurnalistlariga qarshilik qilish ularning ishiga jiddiy xalaqit berayotganligini ta'kidlashdi.
Mavzuga oid
17:31 / 19.07.2024
Rossiyada WSJ jurnalisti Evan Gershkovich 16 yilga qamaldi
11:10 / 14.06.2024
WSJ jurnalisti Evan Gershkovichning ishi sudga taqdim etildi
13:10 / 28.11.2023
Moskva sudi WSJ jurnalisti Gershkovichni hibsda saqlash muddatini uzaytirdi
19:51 / 24.04.2023