Seuldan kelgan yo‘lovchilar Toshkent aeroportida vaqtincha sanitariya izolyatsiyasiga joylashtirildi
Seuldan kelgan reys yo‘lovchilari Toshkent aeroporti xalqaro terminalining alohida zalida vaqtincha sanitariya izolyatsiyasiga joylashtirildi
Koronovirusning O‘zbekistonda tarqalishining oldini olish maqsadida bugun Seuldan kelgan HY514 reysi yo‘lovchilari Toshkent aeroporti xalqaro terminalining alohida zalida vaqtincha sanitariya izolyatsiyasiga joylashtirildi.
Uzbekistan Airways xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan bir qator zarur profilaktik tadbirlar o‘tkazilgandan so‘ng va SARS belgilari yo‘qligi tasdiqlangandan so‘ng, yo‘lovchilar karantin xonasidan chiqib ketishlariga ruxsat beriladi.
Avvalroq, Seul - Toshkent reysida parvoz qilgan «Drimlayner» oradan 2 soat o‘tib Inhon xalqaro aeroportiga qaytgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Bundan oldin, Saudiya Arabistoni ziyoratchilarning mamlakatga kirishini vaqtinchalik taqiqlagani xabar qilingandi.
Shuningdek, podshohlik Tashqi ishlar vazirligi «yangi koronavirusning tarqalishi xavfi» bo‘lgan mamlakatlar fuqarolarining sayyohlik vizalari bo‘yicha kirishi to‘xtatilayotgani haqida ma'lum qildi.
Mavzuga oid
17:28 / 27.11.2024
Seuldan Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan reys noqulay ob-havo sabab kechiktirildi
14:40 / 30.10.2024
Kiyev va Seul KXDRga qarshi turish uchun aloqalarni faollashtirmoqda
08:50 / 22.10.2024
OAV: Seul Ukrainaga razvedka xodimlarini yuborishi mumkin
10:51 / 22.07.2024