O‘zbekiston | 14:12 / 29.02.2020
69407
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi tayinlandi

Karim Kamolov Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Karim Kamolov / Foto: Buxoro viloyati hokimligi

Bugun, 29 fevral kuni Buxoro viloyati faollarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov so‘zga chiqdi. Keyingi yillarda Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, bu ishda viloyat hokimi sifatida ishlab kelgan O‘ktam Barnoyevning tashabbuskorligi, talabchanligi alohida o‘rin tutganligi ta'kidlandi.

Foto: Buxoro viloyati hokimligi

Shundan so‘ng Abdulla Aripov prezidentning O‘ktam Barnoyevni O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlash to‘g‘risidagi farmonni o‘qib eshittirdi.

 Foto: Buxoro viloyati hokimligi

Prezident administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov prezident farmoniga muvofiq hozirga qadar Buxoro shahar hokimi vazifasida ishlab kelgan Karim Kamolov Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlanganligi haqida ma'lum qildi.

 Foto: Buxoro viloyati hokimligi

Ma'lumot uchun, Karim Kamolov Buxoro shahrini 1997-2011 yillar davomida boshqargan. 2017 yilda u shahar hokimi lavozimiga qaytarildi. 

 Foto: Buxoro viloyati hokimligi
 Foto: Buxoro viloyati hokimligi

Mavzuga oid