Lyuksemburg jamoat transporti bepul bo‘lgan dunyodagi birinchi mamlakatga aylandi
Jamoat transportini bepul qilishga mamlakatdagi tiqilinchlar majbur qildi.
Lyuksemburgda 2020 yil 1 martdan avtobus, poyezd yoki tramvayda yurish bepul bo‘ladi. Bu haqda 5minutes portali xabar berdi.
Yangilik birinchi toifadagi poyezdlarga joriy etilmaydi.
Lyuksemburg jamoat transportida yurishni bepul qilgan birinchi davlatga aylandi.
Jamoat transportini bepul qilishga mamlakatdagi tiqilinchlar majbur qildi. Lyuksemburg aholisi atigi 613 ming kishidan ortiqroqni tashkil etadi, ammo har kuni Germaniya, Fransiya va Belgiya fuqarolari mamlakatga ishlash uchun keladi.
Hukumatning hisob-kitobiga ko‘ra, transportda yurishni bepul qilish mamlakatga yiliga 41 million yevroga tushadi.
Mavzuga oid
19:32 / 30.10.2024
Farg‘onada jamoat transporti yo‘l haqi oshirildi
15:35 / 21.10.2024
Vena yashash uchun eng qulay shahar deb topildi. Bunda jamoat transportining o‘rni qanday?
18:10 / 19.10.2024
Yolg‘iz keksalarga va nogironlarga shahar jamoat transportidan bepul foydalanish huquqi beriladi
22:35 / 16.10.2024