Jahon | 14:01 / 01.03.2020
34806
4 daqiqa o‘qiladi

Jeenbekov YeOII tufayli qirg‘izistonliklarning maoshi oshganini aytdi. Jurnalistlar bu yolg‘onligini ko‘rsatib berishdi

Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekov 26 fevral kuni Rossiyaning TASS nashriga intervyu berdi. Unda Jeenbekov Qirg‘izistonning YeOIIga qo‘shilganidan so‘ng ko‘rgan foydalari haqida gapirgan.

Foto: TASS / Mixail Metsel

TASS jurnalisti Jeenbekovdan YeOIIga qo‘shilish qirg‘izistonliklarning turmush darajasiga qanday ta'sir qilgani haqida savol bergan.

«2013-2014 yillardagi sekinlashishni hisobga olmaganda so‘nggi sakkiz yil ichida o‘rtacha oylik ish haqi o‘sishining barqaror dinamikasi kuzatildi. Natijada 2018 yilga kelib uning hajmi 2010 yilga nisbatan 2,3 barobarga oshib, qariyb 16,5 ming qirg‘iz so‘miga yetgan. Mamlakat YeOIIga a'zo bo‘lgan 2015–2018 yillarda bu ko‘rsatkich 33 foizga oshgan», — degan Jeenbekov.

Qirg‘izistonning kloop.kg nashri ochiq manbalardan foydalangan holda Jeenbekov so‘zlarining faktchekini o‘tkazgan va bu so‘zlar yolg‘on degan xulosaga kelgan.

 Xato qayerda?

Jeenbekov Qirg‘iziston YeOIIga a'zo bo‘lgan 2015–2018 yillarda qirg‘izistonliklarning nominal ish haqi 33 foizga oshganini aytgan.

Biroq, 2015 yil yakuniga ko‘ra Qirg‘izistonda o‘rtacha oylik ish haqi 13 483 qirg‘iz so‘mini tashkil etgan. 2018 yilda u 16 427 so‘mgacha ko‘tarilgan.

Binobarin, oshish 22 foiz bo‘lgan, 33 foiz emas.

Manipulyatsiya

YeOIIga a'zo bo‘lgan davrda ish haqi miqdori oshishini Jeenbekov integratsiyaning ijobiy xususiyatlaridan biri sifatida keltiradi.

Lekin Qirg‘izistonda oylik ish haqi so‘nggi 12 yilda qanday oshganiga e'tibor qaratilsa, eng kichik o‘sish aynan Qirg‘izistonning YeOIIga a'zo bo‘lgan davriga to‘g‘ri kelishiga guvoh bo‘lish mumkin.

Qirg‘izistonning YeOIIga a'zolik davrida maosh miqdori sekinroq oshgan

Davrlar bo‘yicha oylik ish haqida necha barobar oshgan

Ma'lumotlar 5 yillik davr uchun jamlangan. YeOIIga azolik davri ajratib ko‘rsatilgan

Ikkinchi manipulyatsiya

Siyosatchilar nominal ish haqining oshib borayotganini gapirishni yaxshi ko‘rishadi, chunki qoida tariqasida u doimo oshib boradi. Bu holda ular xarid qobiliyatiga ta'sir o‘tkazadigan narxlar oshib borishi haqida gapirishmaydi.

Nominal ish haqi — bu mehnat uchun narxlarning oshishi hisobga olinmasdan to‘lanadigan haq. Masalan, siz doimo 10 ming so‘m olishingiz mumkin, lekin bu holatda narxlar oshishda davom etadi. Bu shuni bildiradiki, 10 ming so‘m maosh bilan siz oydan-oyga kamroq mahsulot xarid qila boshlaysiz.

Shu tufayli, odamlar hayot darajasini haqqoniy baholash uchun real ish haqi, ya'ni mahsulot va tovarlarning narxi oshishi hisobga olib to‘lanadigan maoshga e'tibor qilish kerak.

Shartli aytganda, agar maosh 5 foizga oshgan bo‘lsa, narxlar esa 10 foiz ko‘tarilgan bo‘lsa yangi maoshingizga baribir kamroq narsa xarid qila olasiz.

Xullas, 2010 yildan 2018 yilgacha real ish haqi faqat bir yarim barobarga oshgan, bu esa Jeenbekov tomonidan e'lon qilingan nominal ish haqi oshgan degan miqdordan ancha kam.

Real ish haqi aholining real daromadlari — ya'ni inflatsiyani hisobga olganda oilaning bir nafar a'zosiga o‘rtacha daromadga ham o‘z ta'sirini o‘tkazadi. 2015 yilda — aynan Qirg‘izistonning YeOIIga a'zo bo‘lgan yilda aholining real pul daromadlari qisqara boshlagan va 2018 yilga kelib ittifoqqa a'zo bo‘lgan davrdagi ko‘rsatkichga erishilgan.

Aholining real pul daromadlari yanada sekinroq o‘smoqda. 2015 yilda u qisqargan

Aholining real pul daromadlari o‘sishi, foiz

Mavzuga oid