Jamiyat | 23:03 / 04.03.2020
49251
1 daqiqa o‘qiladi

Qo‘shni davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha OTMlarga berilgan taqsimot ma'lum bo‘ldi

Qo‘shni davlatlardan o‘qishi ko‘chirilayotgan talabalarning OTMlar bo‘yicha taqsimoti ma'lum bo‘ldi.

Andijon davlat universiteti / Foto: Kun.uz

Unga ko‘ra, eng ko‘p talaba qabuli Termiz (4822), Andijon (3661) va Farg‘ona davlat universitetlariga (3169) bo‘lishi belgilangan, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Ma'lum bo‘lishicha, O‘zbekiston fuqarolarining qo‘shni davlatlardagi oliy ta'lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirishi uchun jami 80ta OTMga kvotalar belgilab berilgan.

Bunda jami bo‘lib 36 ming 400 nafardan ko‘proq talabaga o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berildi.

Eng ko‘p kvota olgan OTMlar o‘nligi quyidagicha:

Ma'lumot uchun, avvalroq qo‘shni davlatlardan o‘qishni ko‘chirishning qo‘shimcha tartiblari belgilangani xabar qilingan edi.

Mavzuga oid