Jahon | 23:13 / 06.03.2020
7006
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Merkelga Turkiya va YeI o‘rtasidagi qochqinlar bo‘yicha kelishuvni qayta ko‘rib chiqish kerakligini aytdi

O‘tgan haftada Turkiya migrantlarning yangi to‘lqinini tutib tura olmasligini bildirib, qochqinlar uchun YeI bilan chegaralarini ochib yuborganini ma'lum qildi.

Foto: DPA

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Germaniya kansleri Angela Merkelga “Turkiya va YeI o‘rtasidagi qochqinlar bo‘yicha kelishuv bajarilmayotgani tufayli uni qayta ko‘rib chiqish zarur”ligini aytdi.

Bundan tashqari, Turkiya rahbari "Gretsiya YeIning ta'sis shartnomasi va Jyeneva konvensiyasini inkor qilishga urinishi xalqaro huquq normalariga zid" ekanligini qayd etdi.

O‘tgan haftada Turkiya migrantlarning yangi to‘lqinini tutib tura olmasligini bildirib, qochqinlar uchun YeI bilan chegaralarini ochib yuborganini ma'lum qildi. Shundan so‘ng minglab migrantlar Yevropaga o‘tish ilinjida Gretsiya chegarasiga yopirildi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, 29 fevraldan 5 martgacha Gretsiyaga noqonuniy o‘tish uchun qilingan 34 ming 778ta urinishning oldi olingan. Jami 244 kishi hibsga olingan.

Gretsiya hukumati mamlakatga 1 martdan keyin kelgan migrantlarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda

Mavzuga oid