Koronavirus: Eronda 50 nafarga yaqin o‘zbekistonlik bor, TIV ularga tavsiya bilan chiqdi
Hozirgi paytda 50 nafarga yaqin hamyurtlarimiz Eronda bo‘lib turibdi, ular orasida koronavirus bilan kasallanganlar qayd etilmagan
Tashqi ishlar vazirligi Eron hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari hamda ularning qarindoshlari va yaqinlariga murojaat qildi.
Qayd etilishicha, 2020 yil 1 martdan boshlab Tehron shahridagi O‘zbekiston elchixonasi huzurida ishchi guruh tuzilgan bo‘lib, u Eronda COVID-19 koronavirusining tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqarorlashganiga qadar tun-u kun faoliyat yuritadi.
Elchixona ma'lum qilishicha, hozirgi paytda 50ga yaqin hamyurtlarimiz turli sabablarga ko‘ra Eronda bo‘lib turibdi, 6 mart kuni ertalabki holatga ko‘ra ular orasida koronavirus bilan kasallanganlar qayd etilmagan.
“Elchixona Eron tomonining vakolatli organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi, Ishchi guruh a'zolari uchrashuvlar, tushuntirish ishlari olib bormoqda, shuningdek, vatandoshlarga konsullik huquqiy va boshqa masalalarni hal qilishda yordam bermoqda.
Elchixona rasmiy veb-sayti va «Telegram» messenjerida tashkil etilgan maxsus guruh orqali O‘zbekiston fuqarolariga Eron hukumati o‘rnatgan me'yor va qoidalariga, ehtiyotkorlik sanitariya choralariga qat'iy rioya qilishlarini, vatanga qaytish yoki boshqa bir qarorga kelishdan oldin, xotirjamlik va ehtiyotkorlik bilan xulosa chiqarishni tavsiya etadi.
Shuni yodda tutish joizki, Erondan Toshkentga qaytgach O‘zbekiston fuqarolari maxsus tayyorlangan joyda 14 kun davomida karantinda bo‘ladilar”, - deyiladi ma'lumotda.
O‘zbekiston Respublikasi elchixonasidagi ishchi guruh bilan bog‘lanish ma'lumotlari:
Tel.: +98 2122832071; +98 2122299780;
Kosturayev Kosturajon (konsul), tel.: +98 91201327823.
Elchixonaning Internet manbalari:
Elchixona veb-sayti: http://uzbekembassy.ir/
Telegramdagi Citizens of Uzbekistan in Iran guruhi:
https://t.me/UzbekistanCitizensinIran.
Bundan oldin, O‘zbekiston elchisi Koreyada bo‘lib turgan fuqarolarga murojaat qilgandi.
Mavzuga oid
16:57
Eronda ko‘mir konida portlash ro‘y berdi. O‘nlab kishilar halok bo‘lgan
22:15 / 21.09.2024
Eron oliy rahnamosi 40 nafar chet el fuqarosini afv etdi
18:21 / 19.09.2024
Do‘stona davlatlar bo‘ylab turne. Shoyguning KXDR, Eron va Suriyaga tashriflari ortida nima bor?
11:10 / 17.09.2024