O‘zbekiston | 15:27 / 12.03.2020
5987
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi va Rossiya Tergov qo‘mitasi o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi raisi bilan uchrashuvi o‘tkazildi

Foto: Bosh prokuratura

Bosh prokuraturada O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshevning Rossiya Federatsiyasining Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv ishtirokchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi o‘rtasidagi hamkorlik professional aloqalarni yo‘lga qo‘yish va shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish orqali izchillik bilan rivojlanayotganligi ta'kidlandi.

Taraflar o‘zaro manfaatli bo‘lgan keng qamrovli masalalarni muhokama qildilar va idoralararo hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha fikr almashdilar. 

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Bitim hamda 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan idoralararo hamkorlik Dasturi imzolandi. Ushbu hujjatlarning amalda tatbiq etilishi huquqiy sohada axborot va ilg‘or tajriba almashish orqali ikki tomonlama hamkorlikning rivojlanishini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilishi ta'kidlandi.

Mavzuga oid