«Mashina olmoqchi edim, 2 yil ortga surildi» – avtomobillar narxi oshganiga fuqarolar qanday munosabatda
Hafta boshida UzAuto Motors prays-listi yangilandi. Avtomobillar narxi 21 foizgacha ko‘tarildi.
Bu esa aholining turli qatlamlari orasida noroziliklarga sabab bo‘lmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev ham narxlar oshganini tanqid qildi.
Kun.uz mashinalar narxlari oshganiga munosabatini so‘rab, fuqarolarga mikrofon tutdi.
«Bir odam mashina olishi uchun ancha ter to‘kib mehnat qilishi kerak bo‘ladi. Bitta mashina olish uchun juda ko‘p ishlayapmiz. Bu barchaga yomon ta'sir qildi», – deydi fuqarolardan biri.
Yana bir respondent davlat tashkilotlarida shundoq ham oyliklar pastligi, mashina narxi ko‘tarilgani esa yanada aholimizga qiyin bo‘lganini aytadi.
«Misol uchun, men davlat organida ishlasam, yo shifokor, o‘qituvchi bo‘lsam, mashina olishim uchun necha yillardir ishlashim kerak. Pul sarflash kerak bo‘lgan bundan-da muhim narsalar bor», – deydi hamyurtlarimizdan biri.
Yo‘lovchilardan biri narxlar oshishi ortidan mashina olishi yana 2 yilga kechikkanini aytdi.
«Nexia 3 olishni rejalashtirib yurgandim. Afsuski, narxi 20-25 foizga (aniqrog‘i, 15-19 foizga – tahr.) oshirildi. Shu sababli mashina olishim yana 2 yilga orqaga surildi.
Mutasaddilardan iloji boricha narxini joyiga qaytarib qo‘yishni so‘rayman», deydi u.
Prezidentdan tortib, aholi va uning vakillari – qator deputatlarning tanqidlari, Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining bayonotlari biror oqibatni keltirib chiqarish-chiqarmasligi hozircha noma'lum.
Mavzuga oid
12:05 / 22.07.2020
«Yurish» navbati Kusherbayevda. Deputat va UzAuto Motors bahsi davom etadi
22:46 / 21.07.2020
«UzAuto Motors» tez yordam uchun sotib olinayotgan «Damas»lar masalasida Rasul Kusherbayevga javob qaytardi
16:58 / 20.07.2020
UzAuto Motors Service & Trade-In Center barcha xohlovchilar uchun minilgan avtomobillar bozorini ochadi
14:09 / 09.07.2020