Uy sotib olishda yordam berish evaziga 37 305 000 so‘m olgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Yangi qurilayotgan xonadonlarni sotib olishda yordam berishini aytgan shaxs o‘z va'dasining ustidan chiqmadi
2019 yilning iyul oyida Andijon viloyati Asaka tumanida yashovchi 43 yoshli B.T. Jalaquduq tumani yashovchi 38 yoshli I.A.ga Toshkent shahrida yangi qurilayotgan xonadonlardan birini sotib olishda yordam berishini aytgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, bu shaxs undan jami 37.305.000 so‘m pullarini olib, o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborib, hozirgi kunga qadar qaytarmayotganligi ma'lum qilingan.
Mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan (firibgarlik) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
B.T. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, hozirda yetkazilgan moddiy zararni qoplash choralari ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid
18:45 / 21.11.2022
Aldanib qolmang: Telegram'da aholiga pul tarqatilayotgani haqida yolg‘on xabar aylanib yuribdi
11:42 / 07.11.2022
“Mafkurasiga eskilik sarqiti o‘tirib qolganlarning ishi” - XTV matbuot kotibi bilan Jalaquduqdagi voqea va maktab muammolari haqida suhbat
23:11 / 01.02.2022
Jalaquduq tumanidan topilgan chaqaloq jasadi: tafsilotlar
10:16 / 31.01.2022