Jamiyat | 00:11 / 15.03.2020
34400
3 daqiqa o‘qiladi

Namanganda maxsus kuchlar "200 ga yaqin kishi ishtirokidagi ruxsat etilmagan namoyishni bartaraf etdi"

Foto: Ichki ishlar vazirligi

Namangan shahar “Otchopar” o‘yingohida Namangan viloyat IIB tomonidan “Ommaviy tartibsizliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, favqulodda holatlar sodir bo‘lganda uning oqibatlarini bartaraf etish” mavzusida hamkorlikdagi maxsus taktik mashqi o‘tkazildi. 

Unda Namangan viloyati va Namangan shahar hokimligi, viloyat IIB, Prokuratura, DXX, Milliy gvardiya, FVB, Bojxona, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi va hududiy bo‘limlari hamda boshqa aloqador idoralar vakillari ishtirok etishdi, deb xabar beradi Namangan viloyati IIB Axborot xizmati. 

Foto: Ichki ishlar vazirligi

Qayd etilishicha, bundan maqsad Namangan viloyati ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibining ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish vazifalarining bajarilishi borasidagi harakatlarini o‘rganish, boshqaruv organlari va hamkorlikda jalb etiladigan kuchlarning jangovar vazifalarni bajarishga tayyorgarligi holatini tekshirish, hokimiyat, viloyat huquqni muhofaza qilish va aloqador idoralar bilan hamkorlik masalalari samaradorligini ta'minlashdir. 

Foto: Ichki ishlar vazirligi

“Mashq afsonasiga ko‘ra, 11 mart kuni soat 09:30 da Namangan shahar “Do‘stlik bozori” hududida buyumlarni xarid qilish uchun kelgan fuqarolar va chakana savdo bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar bozor hududida muntazam ravishda elektr manbai o‘chirilayotganligi natijasida plastik kartalardan savdo qilish imkoni bo‘lmayotganligidan norozi bo‘lib, 200 nafarga yaqin sotuvchi va fuqarolar to‘planib, ruxsat etilmagan namoyishni rejalashtirayotganligi haqida viloyat IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi bataloni naryadi xodimlari tomonidan Namangan shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi navbatchilik qismiga ma'lumot taqdim etildi.

Foto: Ichki ishlar vazirligi

Yuzaga kelgan vaziyatga baho berib, hamkorlikdagi tezkor shtab boshlig‘i, Namangan viloyat IIB boshlig‘i polkovnik A.Ataxodjayev tomonidan barcha ichki ishlar organlari ma'muriy binolarini qo‘riqlash va mudofaa etilishi hamda ommaviy tartibsizliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, favqulodda holatlar sodir bo‘lganda uning oqibatlarini bartaraf etish haqida qaror qabul qilindi va maxsus kuch vositalari orqali vaziyat bartaraf etildi”, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid