Koronavirus daragini eshitgan Samarqand: xaridlar oshgan, mahsulotlar yetarli, odamlar xotirjam
O‘zbekistonda ham koronavirus paydo bo‘lgani haqidagi xabarlar ortidan mamlakat aholisi oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa zarur xaridlar uchun o‘zini savdo nuqtalariga urdi.
Kun davomida mamlakatdagi bozorlar, yirik do‘konlar xaridorlar bilan gavjum bo‘ldi. Kun.uz muxbiri Samarqanddagi narx-navo bilan qiziqdi.
Shaharning asosiy bozori hisoblangan Siyob dehqon bozorida kech tushganiga qaramay, odam ko‘p edi. Xaridorlar asosan oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilishayotgani kuzatildi. Ular kartoshka, piyoz, un, moy, xamirturush, tuxum, hojatxona qog‘ozi, nam sochiqchalar va isiriq g‘amlashmoqda.
Narxlar o‘zgargani yo‘q. Kartoshka holatiga qarab 2500-3500 so‘mdan, piyoz 1500 so‘mdan, tuxum 700 so‘mdan sotilmoqda.
Samarqand viloyat bozorlar uyushmasi raisi Tohir Mamadaliyevning aytishicha, shahardagi barcha bozorlar doimgidek ishlayveradi va bozorlar yopilishi haqidagi gaplar asossiz. Siyob dehqon bozorida esa dushanba doimgidek sanitariya kuni bo‘ladi.
Samarqand shahridagi eng gavjum do‘konlar tizimi «Optovik» rahbari bilan xaridorlar bugun odatdagidan ko‘pligi, lekin zaxira mahsulotlari yetarli ekanini aytdi.
«M Baraka» nomidagi supermarketda ham odamlar ko‘p, lekin rastalar ham to‘la. Do‘kon ishchilari rastalarga mahsulotlarni tez-tez yetkizib turishibdi.
Samarqanddagi deyarli barcha do‘konlarda un, tuxum, moy va xamirturush ko‘p sotilyapti. Xaridor ayollardan biri karantin vaqtida aynan shu to‘rt mahsulot asqatishi, bu mahsulotlar orqali doim yegulik tayyorlash mumkinligi haqida gapirdi.
Mavzuga oid
09:54 / 20.09.2024
Samarqandda qizlarni O‘mon davlatiga fohishalikka jo‘natgan ayollarga sud hukmi o‘qildi
12:16 / 14.09.2024
Samarqandda OIIB boshqaruvchilar kengashi yillik yig‘ilishi o‘tkaziladi
17:12 / 13.09.2024
Samarqandda maktabda qarta o‘ynagan direktor ishdan olindi
22:29 / 12.09.2024