Maxsus bort 37 nafar o‘zbekistonlikni Erondan olib kelmoqda
Bu fuqarolar va samolyot ekipaji belgilangan tartibda malakali shifokorlar, soha mutaxassislari nazorati ostida ikki hafta muddatda karantinda saqlanadi.
Mudofaa vazirligi tomonidan Eronga insonparvarlik yukini yetkazish uchun ajratilgan havo kemasida ushbu mamlakatda bo‘lib turgan O‘zbekistonning 37 nafar fuqarosi vatanga olib kelinmoqda. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ular koronavirus tufayli chegaralarning yopilgani natijasida 23 fevraldan buyon Eronning «Lutfobod» postidagi terminalda qolib ketgan 14 nafar haydovchi, shuningdek, talabalar, tadbirkor va diplomatlardir.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 16 mart kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq koronavirusning oldini olish chora-tadbirlariga ko‘maklashish maqsadida Eron Islom Respublikasiga insonparvarlik yordami yuborildi.
Davlat rahbari topshirig‘iga asosan Eronning yordam so‘rab qilgan murojaatini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek mazkur xavfli infeksiyaga qarshi kurashish bo‘yicha birgalikdagi sa'y-harakatlarni kuchaytirish maqsadida steril tibbiy qo‘lqoplar, himoya qiluvchi kombinezonlar, maxsus tibbiy formalar, niqoblar, doka, spirt, gigiyenik gellar va dori vositalari singari umumiy og‘irligi qariyb olti tonna bo‘lgan tibbiy buyumlar shaklida insonparvarlik yordami yuborilgan.
Avvalroq prezidentning alohida ko‘rsatmasiga muvofiq, Eronda qolib ketgan yuk tashuvchi haydovchilar, tadbirkorlar, talabalar vatanga olib kelinishi, bu fuqarolar va samolyot ekipaji belgilangan tartibda malakali shifokorlar, soha mutaxassislari nazorati ostida ikki hafta muddatda karantinda saqlanishi aytilgandi.
Mavzuga oid
16:57 / 22.09.2024
Eronda ko‘mir konida portlash ro‘y berdi. O‘nlab kishilar halok bo‘lgan
22:15 / 21.09.2024
Eron oliy rahnamosi 40 nafar chet el fuqarosini afv etdi
18:21 / 19.09.2024
Do‘stona davlatlar bo‘ylab turne. Shoyguning KXDR, Eron va Suriyaga tashriflari ortida nima bor?
11:10 / 17.09.2024