«Bir kun ushbu minbarda turib: «Biz yengdik, deb aytamiz» - Tramp odamlarni uyda qolishga chaqirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha ishchi guruh bilan mavjud vaziyat haqida suhbatlashib, matbuot anjumanida ommaga murojaat bilan chiqdi.
U Covid-19 bilan bog‘liq 15 kunlik harakat rejasi e'lon qilinganini eslatib o‘tgan.
«Ko‘plab amerikaliklar o‘z uylaridan ishlay oladilar, shunday qilishsin ham. Sog‘liqni saqlash va oziq-ovqat sanoati sohalarida xizmat ko‘rsatuvchilar bunday yo‘l tutish imkoniga ega emas, lekin o‘zlarini xavfsizlikda saqlash uchun qo‘llaridan kelgan barcha ishni qilishlari kerak», degan AQSh prezidenti.
U mamlakatda sayohat uchun cheklovlar bo‘lishi mumkinligini aytib, fuqarolardan uyda qolishni, zarurat bo‘lmasa, hech qayerga bormaslikni so‘radi.
«Bir kun ushbu minbarda turib: «Biz yengdik, deb aytamiz»
Mamlakatdagi Covid-19 test-sinovlarining yetarli darajaga yetkazishga erishish uchun harakat qilinayotganini ta'kidlagan Tramp shtatlarga o‘z hududi doirasida sinovlarni ishlab chiqish imkoniyatini berganini ma'lum qildi.
«Bir kun mana shu minbardan turib: «Biz yengdik, deb aytamiz», dedi u.
«O‘ylaymanki, bizning iqtisodiyotimiz tezda tiklanadi»
Shuningdek, u turizm sohasi, ayniqsa, kichik biznes va aviakompaniyalar epidemiya tufayli qiyin ahvolga tushib qolganiga ishora qildi va ushbu sohada ishlaydiganlarga zarar yetkazmaslik uchun yordam ko‘rsatishini, Moliya vaziri Steven Mnuchin ham bugun Kongress a'zolari bilan rag‘batlantirish paketini o‘z ichiga olgan qonun loyihasi haqida kelishishini aytdi.
«Ushbu paket katta bo‘ladi, Oq uy qonun loyihasini 800 milliard dollar miqdorida imtiyoz sifatida Kongressga taqdim etishni taklif qildi. Ikki tomonning fidokorligi xalqimiz salomatligi va iqtisodiyotimizni himoya qilishi mumkin. O‘ylaymanki, iqtisodiyotimiz tezda tiklanadi. Agar biz mamlakatimiz uchun to‘g‘ri yo‘lni tanlasak, ishlar tezda iziga tushib ketadi», dedi u.
«Xitoy virusi» ifodasiga izoh
Tramp tvitterda Covid-19’ni «Xitoy virusi» deb nomlaganini eslatdi.
«Xitoy virus bizning mamlakatimizdan kelganiga oid noto‘g‘ri ma'lumotlar taqatayotgandi. Bu asossiz edi. Virus qayerda paydo bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha yerdan kelgan, deyishga majburman», dedi u.
U epidemiyaning avvalboshda jiddiy qabul qilinmagani borasidagi tanqidlarga shunday javob qaytargan: «Men hali pandemiya e'lon qilinmasdan avval bu bir ulkan epidemiya ekanini his qilgandim».
«Biz iqtisodiy rag‘batlantirish rejasi ustida ishlamoqdamiz»
AQSh Moliya vaziri Mnuchinning aytishicha, vazirlik juda muhim iqtisodiy rag‘batlantirish rejasi ustida ishlamoqda.
Vazir reja Senatga taqdim etilishini va rejani tezda qabul qilish uchun Senat bilan ish olib borayotganliklarini ta'kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ishchilarni rag‘batlantirish paketi va aviakompaniyalar, shuningdek, mehmonxonalarni boshqarish kabi muhim sohalarga kredit kafolati taqdim etilmoqda.
Mnuchin aviakompaniyalarning rahbarlari bilan uchrashganini aytdi.
«Aviakompaniyalar uchun vaziyat 11 sentyabrga qaraganda yomonroq», dedi u.
300 milliard dollar miqdoridagi soliq kechiktiriladi
Mnuchinning ta'kidlashicha, xodimlarga soliq imtiyozlarini berish g‘oyasi Trampga ma'qul bo‘lgan. «Soliq imtiyozi odamlarni yaqin 6-8 oy ichida pul bilan ta'minlaydi. Biz keyingi ikki hafta ichida fuqarolarimizga cheklar yuborish variantini ko‘rib chiqmoqdamiz», dedi vazir.
Soliqni qaytarish jarayoni 15 aprelgacha uzaytirilganini aytgan Mnuchin qariyb 300 milliard dollar to‘lash kechiktirilishini ma'lum qildi. Shuningdek, epidemiyaning bozorlarga ta'siri haqida to‘xtaldi va bozorlar albatta ochiq qolishini aytdi: «Amerikaliklar o‘z pullarini tasarruf qilish imkoniga ega ekanliklarini bilishlari kerak. 11 sentyabrdan keyin bozorlar texnologik o‘zgarish tufayli yopildi. Men banklar va Nyu-York fond birjasiga telefon qildim. Bozorlarni ochiq tutishni hamma xohlaydi. Biz bunga erishish uchun barcha ishni qilamiz».
Pens qurilish kompaniyalaridan niqoblarni mahalliy kasalxonalarga topshirishni so‘radi
Shuningdek, Covid-19’ga qarshi kurashish guruhining boshlig‘i bo‘lgan AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens ham bozorda N95 rusumli niqoblarga ehtiyoj mavjudligini aytib, qurilish kompaniyalaridan o‘zlarining niqoblarini mahalliy kasalxonalarga topshirishni so‘radi.
Ishchi guruhda bo‘lgan amerikalik doktor Entoni Fauchi esa mamlakatda virus bilan kasallanish holati yaqin 45 kun ichida avj olishi mumkinligini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
16:42 / 11.11.2024
Kreml Putin va Tramp telefonda suhbatlashganini rad qildi
14:42 / 11.11.2024
Amerikaning kruiz kompaniyasi Tramp siyosatidan qochishni istaganlar uchun dunyo bo‘ylab 4 yillik sayohat taklif qilmoqda
13:30 / 10.11.2024
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024