Jamiyat | 10:39 / 19.03.2020
8874
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda yo‘l qoidasi buzilishi natijasida o‘lim qayd etildi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Illyustrativ foto

2020 yilning 16 mart kuni soat 21:15larda Angor tumani “Yuqori-Xo‘jaqiya” mahallasi hududidan o‘tuvchi yo‘lning 1426-kilometrida, tumanning “Guliston” mahallasida yashovchi R.F. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtoulovi bilan yo‘lni o‘ngdan chapga kesib o‘tayotgan piyoda, tumanning “Yangiobod” mahallasida yashovchi B.M. ismli ayolni turtib yuborgan. 

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, natijada B.M. sud-tibbiy ekspertizasining 2020 yilning 17 mart kunidagi xulosasiga ko‘ra “hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir” tan jarohati oqibatida kasalxonada vafot etgan. 

2020 yilning 17 mart kuni mazkur holat yuzasidan R.F.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid