O‘zbekiston | 16:28 / 22.03.2020
15372
1 daqiqa o‘qiladi

Jarrohlik amaliyoti uchun bo‘lsa-da, chet elga chiqish deyarli ilojsiz – Bahrom Almatov

«Deyarli barcha rivojlangan davlatlarda karantin holati, ya'ni boshqa davlatlarga borilgani bilan u yerda qabul qilmasliklari mumkin».

Foto: KUN.UZ

AOKA qoshida koronavirusga qarshi maxsus tashkillashtirilgan shtabda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov aholidan tushgan savollarga javob berdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

– Biror bemor chet elda operatsiya qilinishi zarur bo‘lsa (boshqa chora yo‘q bo‘lsa), operatsiya uchun chetga chiqsa bo‘ladimi? Qay tartibda?

– Xabaringiz bor, bugungi kunda xalqaro aviareyslar to‘xtatilgan. Boshqa davlatlar ham kasallik qayd etilgani munosabati bilan cheklovlar o‘rnatgan. Alohida kelishuvlar bo‘lmasa, kasallarni qabul qilish masalasi muammoga aylangan.

Shuning uchun biz davolanish uchun chet elga chiqishni tavsiya etmaymiz. Respublikamizdagi yetakchi shifoxonalar barcha zarur asbob-uskunalar bilan ta'minlangan, mutahassislarimiz yetarlicha bilim va malakaga ega.

Mavzuga oid