O‘zbekiston | 16:35 / 23.03.2020
67913
1 daqiqa o‘qiladi

Fuqarolardan Bo‘stonliq tumaniga bormaslik so‘raldi

Bo‘stonliq tumani hududida harakatlanishga faqatgina shu joyda ro‘yxatda turuvchi mahalliy aholiga ruxsat etiladi

Foto: centralasia-travel.com

Respublikada koronavirusga qarshi olib borilayotgan kurash doirasida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida transport vositalari harakati vaqtincha cheklangan va dam olish maskanlarida dezinfeksiyalash ishlari boshlangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabar qilmoqda.

Shu munosabat bilan, Toshkent viloyati IIBB YHXB barcha fuqarolardan, maxsus profilaktik tadbirlar tugaguniga qadar, Bo‘stonliq tumaniga bormaslikni hamda yuzaga kelgan vaziyatni to‘g‘ri baholashni so‘rab qolgan.

Bo‘stonliq tumani hududida harakatlanishga faqatgina shu joyda ro‘yxatda turuvchi mahalliy aholiga ruxsat etilishi aytilgan.

Avvalroq, fuqarolarga dala hovlilarga borishdan tiyilib turish tavsiya etilgandi.

Mavzuga oid