O‘zbekiston | 11:40 / 24.03.2020
11842
1 daqiqa o‘qiladi

DSQga narxlarning sun'iy oshirilishi yuzasidan 300ta shikoyat kelib tushdi

DSQ ishonch telefoniga narxlarning sun'iy oshirilishi yuzasidan 300 ta shikoyat kelib tushgan

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi

So‘nggi kunlarda Davlat soliq qo‘mitasiga narxlarning asossiz oshirilishi yuzasidan katta hajmdagi shikoyatlar kelib tushgan. Bu haqda poytaxt hokimligi xabarida aytildi.

Qayd etilishicha, DSQ mutaxassislari tomonidan oziq-ovqat va tibbiyot mahsulotlari narxlarining asossiz oshirilishi yuzasidan 300 dan ortiq shikoyatlar qabul qilindi.

“Narxlar asossiz oshirilganiga duch kelsangiz, DSQga 1198 qisqa raqami yoki 71 244-98-98 telefon raqamlari orqali murojaat qiling. Yuqorida keltirilgan raqamlardan tashqari @uzsoliq_bot telegram boti orqali shikoyat qilishingiz mumkin”, - deyiladi xabarda.

Bundan oldin, O‘zbekistonda 13 858ta umumiy ovqatlanish korxonasi faoliyati vaqtincha to‘xtatilgani ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid