O‘zbekiston | 14:43 / 24.03.2020
6860
2 daqiqa o‘qiladi

Ilmiy xodimlarga «uydan ish joyiga – ish joyidan to‘g‘ri uyga» tamoyili asosida ishini tashkil etish tavsiya etildi

FA ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlariga tashrif buyuruvchi shaxslarni faqat shaxsiy himoya vositalari hamda gigiyena vositalarini qo‘llagan holda kiritish majburiy tartibda joriy etiladi

Foto: Shutterstock

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bayonot bilan chiqdi.

Unda aytilishicha, 2020 yil 24 mart kunidan boshlab O‘zR FA tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlarida masofadan turib ish jarayonini tashkil etish yo‘lga qo‘yiladi hamda muassasa binosi va inshootlarini samarali saqlash ishlarini muvofiqlashtirish uchun ichki buyruq asosida o‘z faoliyatini ish joyida amalga oshiradigan rahbar va xodimlar ro‘yxati tasdiqlanadi.

Shuningdek, mazkur xodimlar shaxsiy himoya (maska) vositalari bilan ta'minlanishi shart ekani aytiladi.

FA ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlariga tashrif buyuruvchi shaxslarni faqat shaxsiy himoya vositalari (maska) hamda gigiyena vositalarini (spirtli antiseptik) qo‘llagan holda kiritish majburiy tartibda joriy etiladi.

Bugungi kundagi holatdan kelib chiqib hamda shaxsning sog‘lig‘i xavfsizligini ta'minlash maqsadida barcha ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlari xodimlariga “uydan ish joyiga – ish joyidan to‘g‘ri uyga” tamoyili asosida o‘z ish faoliyatini tashkil etish tavsiya etiladi.

Mavzuga oid