O‘zbekiston | 13:47 / 25.03.2020
144182
1 daqiqa o‘qiladi

Avtomobil boshqaruvida niqob taqmaslik mumkinmi?

Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov navbatdagi brifing chog‘ida avtomobil boshqaruvida tibbiy niqob taqish shartlari to‘g‘risida ma'lumot berdi.

«Siz o‘z avtomobilingizni boshqarayotganda tibbiy niqobsiz bo‘lishingiz mumkin, agar mashinada boshqa yo‘lovchi bo‘lmasa.

Agar taksida yo‘lovchi bo‘lsa haydovchi tibbiy niqobda bo‘lishi shart. 

Agar mashinadagi yo‘lovchi qarindoshingiz yoki yaqin odamingiz bo‘lsa, aql bilan ish tutish kerak. Masalan, men hozir niqobdaman, chunki bu yerda odamlar ko‘p.

Jamoat joylarida hamisha boshqa odamlar bo‘ladi va tibbiy niqob taqish shart», deya Shohrux G‘iyosovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzuga oid