O‘zbekiston | 11:04 / 25.03.2020
207332
1 daqiqa o‘qiladi

Koronavirusga chalingan bemorlardan 4 nafarining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda

Bemorlardan 4 nafarining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. Ular intensiv-terapiya muolajalari olmoqda 

Foto: RIA Novosti

O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 2020 yil 25 mart ertalab soat 9:00 holatida 55 nafarni tashkil etdi. 

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekovning aytishicha, ushbu bemorlarning barchasi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolash muolajalarini olmoqda. 

“Mazkur institut rahbariyati ma'lumotiga ko‘ra, hozirgi daqiqalarda 13 nafar bemorda o‘pka yallig‘lanishi – pnevmoniya alomatlari kuzatilyapti. Bemorlardan 4 nafarining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. Ular intensiv-terapiya muolajalari olmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davolash profilaktika muassasalarida, profilaktoriyalarida, sanatoriyalarida tashkil etilgan maxsus izolyatorlarda hammasi bo‘lib 20 mingdan ko‘proq fuqaro karantin tadbirlarini o‘tayapti. Ular tibbiy kuzatuvga olingan”, - dedi N.Otabekov.

Mavzuga oid