O‘zbekiston | 22:45 / 27.03.2020
13741
1 daqiqa o‘qiladi

Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Davlat rahbarining qarori bilan, 26 mart kuni Jamol Laykuvvatovich Tursunov Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari – Mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Foto: Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi

Qo‘mita matbuot xizmatidan Kun.uz`ga ma'lum qilishlaricha, Jamol Tursunov 2019 yildan to tayinlovga qadar Mudofaa vazirligi markaziy apparati bosh boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Ma'lumot uchun: Jamol Tursunov 1981 yil Samarqand shahrida tug‘ilgan. 2002 yilda Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘mondon-muhandislik bilim yurtini, 2012 yilda esa Qurolli kuchlar akademiyasini tamomlagan.

Xizmat faoliyatini 2002 yilda Mudofaa vazirligining Toshkent garnizonida joylashgan harbiy qismida texnik bo‘lim boshlig‘i lavozimidan boshlagan.

2019 yilga qadar Mudofaa vazirligi tizimida bosh muhandis, xizmat, bo‘lim va boshqarma boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

Mavzuga oid