Senatorlar va bojxonachilar «Mehr-shafqat va salomatlik» fondiga mablag‘ o‘tkazdi
Mablag‘lar koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish va uni qisqa fursatlarda bartaraf etishga xizmat qiladi
Bugungi kunda nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo hamjamiyati koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish borasida muhim choralar ko‘rmoqda.
Shu kunlarda mamlakatdagi barcha soha vakillari mazkur pandemiyaga qarshi kurashishda yordam qo‘lini cho‘zishga harakat qilmoqda.
Jumladan, vatandoshlar “O‘zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondining hisob raqamlariga jismoniy yoki yuridik shaxs sifatida mablag‘ o‘tkazish yo‘li bilan o‘z hissalarini qo‘shishyapti.
Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari ixtiyoriy ravishda o‘zlarining bir kunlik ish haqlarini “O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga beg‘araz yordam tariqasida o‘tkazib berdi.
O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabariga ko‘ra, Senat a'zolari ham bu ezgu ishda faol qatnashib, xalq salomatligi yo‘lida befarq bo‘lmayapti.
Senatorlar ushbu fondga mablag‘ o‘tkazib, o‘z hissalarini qo‘shishmoqda.
O‘z o‘rnida, ushbu mablag‘lar koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish va uni qisqa fursatlarda bartaraf etishga xizmat qilishi borasida senatorlar tomonidan parlament nazorati ham olib boriladi.
Mavzuga oid
21:05 / 30.09.2024
Yuqori tezlikdagi va tezyurar poyezdlarda yo‘lovchi tashish xizmati tariflari erkinlashtiriladi
18:20 / 30.09.2024
O‘zbekiston umumiy iqtisodiyotida kreativ iqtisodiyot ulushi oshiriladi
08:52 / 28.09.2024
Senatning navbatdagi yalpi majlisi 30 sentabr kuni chaqiriladi
16:47 / 26.09.2024