Navro‘z Ashurmatov: Toshkentda taksi narxi tushishi kuzatildi
Koronavirusda qarshi kurash shtabida o‘tkazilgan navbatdagi brifing yakunida Transport vazirligi matbuot kotibi Navro‘z Ashurmatov bilan taksilar narxlari bo‘yicha qisqa suhbat qildik.
– Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora sifatida Toshkentda jamoat transporti cheklangan edi. Shunda aholi o‘rtasida taksi bahosi ortib ketishi yuzasidan xavotirlar paydo bo‘ldi. Birinchi kuni chindan ham shunday vaziyat ro‘y berdi.
Transport vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi bu kabi holatlarning oldini olish uchun yirik taksi kompaniyalari bilan muloqot olib bordi. Xususan Yandex kompaniyasining Moskvadagi vakolatxonasi bilan bog‘lanib, Yandex Taxi xizmatida narxlarning talabga ko‘ra oshib ketish funksiyasini o‘chirishga muvaffaq bo‘lindi. Xuddi shunday tushuntirish ishlari MY Taxi kompaniyasi bilan ham olib borildi.
Hozirgi kunda karantin paytida fuqarolarimiz faolligi pasayganligi tufayli Toshkent ko‘chalarida taksi narxlarining tushishi kuzatilmoqda – dedi N. Ashurmatov sohadagi bugungi vaziyatni izohlarkan.
Mavzuga oid
15:55
Toshkentda inson a’zolari oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan talaba jinoiy jazoga tortildi
11:50
Toshkentda giyohvandlik vositalarini yashirish yo‘li bilan tarqatish holatlari fosh etildi
16:12 / 08.10.2024
Toshkentda tadbirkorga shartnoma tuzib berishini aytib 50 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
20:33 / 07.10.2024