O‘zbekiston | 22:39 / 29.03.2020
68446
2 daqiqa o‘qiladi

Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomani Yagona portal orqali olish mumkin 

30 mart soat 6:00dan 20 aprel soat 00:01ga qadar viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida avtotransport vositalari harakatlanishiga ruxsat beriladi.

Foto: KUN.UZ

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida "Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnoma olish" xizmati joriy etildi. Bu haqda Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi xabar berdi.
 
“YaIDXPga (my.gov.uz) ko‘plab murojaatlarni hisobga olgan holda, bir necha soat davom etgan ish mobaynida UZINFOCOM Yagona integratori hamda Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi  xodimlari tomonidan "Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnoma olish" xizmati joriy etildi. 

Xizmatdan quyidagi havola orqali foydalanishingiz mumkin:

https://my.gov.uz/uz/service/335

Ushbu xizmatga talab yuqori bo‘lganligi sababli, Yagona portal ishida uzilishlar kuzatilishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz” deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 30 mart soat 6:00dan 20 aprel soat 00:01ga qadar viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida avtotransport vositalari harakatlanishiga ruxsat beriladi.

Mavzuga oid