Jahon | 10:00 / 30.03.2020
8284
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh nefti 2002 yildan beri ilk bor 20 dollardan arzonlashib ketdi

AQShning WTI turidagi nefti Londondagi ICE birjasidagi savdolar vaqtida 2002 yildan beri ilk bor 20 dollardan arzonlashib ketdi.

Foto: Nick Oxford/Reuters

WTI nefti narxi 8,5 foizga tushib ketib, 19,48 dollargacha arzonlashgan. Biroq sal o‘tib uning narxi biroz ko‘tarilib, 20,4 dollarga yetgan.

Savdolar vaqtida Brent turidagi neft ham 7,9 foizga arzonlashib, bir barreli 23,01 dollarni tashkil qilgan. 

Neft narxi dunyoda koronavirusga chalinganlar soni tobora ko‘payib borayotgani ortidagi xabarlar sababli pasaymoqda.

27 mart kuni Brent narxi psixologik nuqtadan – bir barreli uchun 25 dollardan pastroqqa tushib ketgan. Bunga 6 mart kuni OPeK+ bitimi ishtirokchilari – Rossiya va Saudiya Arabistoni neft qazib olish hajmini qisqartirish bo‘yicha kelishuv muddatini uzaytirish bo‘yicha kelisha olishmagani sabab bo‘lgan.

Rossiya bitimning joriy shartlari saqlanib qolishini, Saudiya Arabistoni esa qazib olishni yanada kamaytirishni taklif qilgan. Ikki davlat kelisha olmagani sababli 1 apreldan neft qazib olishga cheklovlar amal qilishdan to‘xtaydi. 

Ta'kidlab o‘tish joiz, vaziyat shungacha bordiki, AQShda neftga talab pasayib ketgani sababli uning narxi 0 qiymatdan tushib ketdi. Neft oluvchi kompaniyalar iste'molchilarga neftni to‘lib-toshgan omborlardan olib chiqib ketishlari uchun yonidan 19 sentdan haq to‘lashiga to‘g‘ri kelmoqda.

Mavzuga oid