O‘qituvchilarga mehnat ta'tili davomida qo‘shimcha topshiriqlar berilmaydi – XTV
Xalq ta'limi tizimida mehnat ta'tiliga chiqarilgan xodimlarga qo‘shimcha topshiriqlar berilmaydi, masofaviy ishlashga faqatgina imkoni bor pedagoglargina jalb qilinadi. Bu haqda Xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayevga asoslanib, Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Vazir o‘rinbosarining ma'lum qilishicha, mehnat ta'tiliga chiqqan pedagog xodimlarga ta'til davomida topshiriq bermaslik haqida barcha hududiy xalq ta'limi boshqarmalariga ko‘rsatma berilgan.
«19 martdagi Prezident farmoni va 23 martdagi Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan, barcha pedagog xodimlarga karantin davrida lavozimidan qat'i nazar mehnat ta'tili berilgan.
Ularga ta'til davomida qo‘shimcha vazifa yuklatish bo‘yicha topshiriq mavjud emas», dedi Dilshod Kenjayev 30 mart kuni bo‘lib o‘tgan brifingda.
Unga ko‘ra, ta'lim muassasalarining asosiy ish faoliyatiga ta'sir etmagan holda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xodimlarning mehnat faoliyatini maksimal darajada masofaviy tarzda tashkil etish choralari ko‘rilgan.
«Xalq ta'limi vazirligi masofadan ishlash uchun faqat uyida imkoniyati bor xodimlarnigina jalb qilish bo‘yicha hududiy boshqarmalarga ko‘rsatmalar bergan. Pedagoglarga elektron dars ishlanmasini yuritish kabi qo‘shimcha topshiriqlar berilgan emas.
Ota-onalarning so‘rovlaridan kelib chiqqan holda masofadan turib ishni davom ettirayotgan pedagoglar o‘z o‘quvchilariga onlayn darslarni o‘zlashtirish va mavzuni mustahkamlashda amaliy yordam ko‘rsatishlarini so‘rab qolamiz», dedi Kenjayev.
Brifing davomida vazir o‘rinbosari Xalq ta'limi vazirligi nomidan umumta'lim muassasalari rahbarlariga rasman murojaat qildi.
«Barcha umumta'lim muassasalari rahbarlaridan rasman mehnat ta'tiliga chiqqan xodimlarni bezovta qilmasliklarini, masofadan o‘z faoliyatini olib borayotgan xodimlarga ortiqcha vazifa yuklamasliklarini so‘rab qolamiz», deya ta'kidladi u.
Mavzuga oid
15:21 / 24.07.2023
Maktab o‘qituvchilariga 7,8 mlrd so‘mlik ta’til pullari undirib berildi
07:31 / 14.07.2023
Yangi ishga kirayotgan xorijiy til o‘qituvchilariga B2 darajadagi sertifikat majburiy bo‘ladi
18:39 / 27.06.2023
O‘qituvchilarning ta’tili 56 kun etib belgilandi
20:40 / 22.06.2023