Karantindagi dunyo manzaralari. Mart oyi suratlari
Koronavirus dunyoning katta qismini egallab bo‘ldi. Uning tarqalishini kamaytirish maqsadida odamlardan ko‘chalarda to‘planmaslik va transportdan foydalanishni cheklash so‘ralyapti. Ayrim davlatlar uyda qolish haqida maxsus qarorlar ham chiqarishdi. Tashkilotlar esa virusga qarshi kurashda yordam berish uchun o‘z hissalarini qo‘shishmoqda. Sport ligalari mavsumlarni ortga surishdi. Muzeylar, bog‘lar va boshqa mashhur joylar o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Maktablar yopildi. Kompaniyalar xodimlari uydan turib ishlashmoqda.
CNN koronavirus ta'siri ostidagi dunyo aks etgan suratlarni taqdim etdi. Bularning bari ortida esa tushkun bo‘shliq namoyon bo‘lyapti.
Krakovdagi o‘rindiq atrofida to‘plangan kabutarlar, 25 mart. Polsha.
Vashingtondagi Milliy park yonidan yugurib o‘tayotgan ayol, 26 mart. Bu Beysbol Oliy ligasining ochilish kuni edi.
Londondagi Lidenholl bozori. Bosh vazir Boris Jonson uyda qolish haqida buyruq berganining ertasi kuni.
Nyu-Yorkda metro poyezdining bo‘m-bo‘sh vagoni, 17 mart.
Yo‘lovchi Shveytsariyadagi Tsermat tog‘-chang‘isi kurortidagi xaritani ko‘zdan kechiryapti, 18 mart.
Los-Anjyeles markazidagi katta ko‘cha, 20 mart.
Masjid xizmatchisi Iroqning Bog‘dod shahridagi bo‘m-bo‘sh masjidda namoz o‘qimoqda, 20 mart.
Maymun Hindistonning Nyu-Dehli shahridagi prezident saroyi yonidagi yo‘lni kesib o‘tmoqda, 22 mart.
Kazinolarni yopish haqida buyruq berilganidan keyin odamlar Las-Vegas-Strip bo‘ylab ketishmoqda, 18 mart
Seattle Times yangiliklar bo‘limi xodimlari masofadan ishlashmoqda, 12 mart.
Nyu-Yorkning deyarli bo‘m-bo‘sh Tayms-skver maydoni bo‘ylab ketayotgan ayol, 16 mart.
Musiqachi skripkada kuy chalmoqda, 17 mart, Ukrainadagi Kiyev vokzali.
Kort Maderadagi The Village savdo markazidagi avtomobil to‘xtash joylari deyarli bo‘sh, 17 mart, Kaliforniya.
Papa Fransisk Vatikandagi kimsasiz Muqaddas Petr maydoniga o‘z duosini yo‘llamoqda. 27 mart.
Alianza Lima va Racing Club Buenos-Ayresdagi bo‘sh stadionda professional futbol o‘yinini o‘tkazishmoqda, 12 mart, Argentina.
Musiqa stendlari Dortmunddagi Konserthausda tomoshabinlarning bo‘m-bo‘sh joylari oldiga joylashtirilgan, 12 mart, Germaniya. Ommaviy tadbirlar 15 aprelga qadar o‘tkazilmaydi.
AQSh Kapitolisidagi rotonda 12 marta so‘nggi turistik guruh tashrifidan keyin bo‘m-bo‘sh ko‘rinishda. Barcha ommaviy turlar mart oyining oxiriga qadar to‘xtatildi.
15 mart kuni Nyu-Yorkdagi Okulus transport habi yo‘lovchi va turistlarning katta qismini yo‘qotdi.
Parijdagi yopiq Cafe de Flore qahvaxonasida tartib bilan yig‘ishtirilgan mebel, 15 mart.
12 mart kuni Vashingtondagi NHL o‘yinidan keyin kiyinish xonasida hech kim yo‘q. Keyinroq Liga mavsum to‘xtatilganini e'lon qildi.
Ho‘kizlar jangi uchun mo‘ljallangan arena tadbirlar to‘xtatilgach kimsasiz holga keldi. 11 mart. Janubiy Koreya Chxondo provinsiyasi.
O‘qituvchi Labastidagi bo‘m-bo‘sh davlat maktabi yo‘laklaridan yurib boryapti, 11 mart. Ispaniya.
Politsiya xodimi Parijdagi Eyfel minorasi yaqinidagi Trokadero maydonida, 17 mart.
Sindzyukudan Xakonega ketayotgan bo‘sh poyezd saloni, 3 mart. Yaponiya.
Vatikandagi bo‘m-bo‘sh stullar. Keyinroq Rim Papasi Muqaddam Petr maydonida to‘plangan kam sonli odamlarni duo qilish uchun oyna oldida paydo bo‘ladi, 8 mart.
Mana bu aerofotosuratda Tailandning Pattayya shahridagi Legend Siam parki aks etgan, 8 mart.
Katta pastor Troy Dobbs xizmat vaqtida bo‘m-bo‘sh stullarga qarab nutq so‘zlamoqda, 15 mart. Iden-Preridagi Greys cherkovi, Minnesota shtati. Cherkov jarayonni deyarli 3500 tomoshabinga onlayn uzatgan.
Kovent-Gardendagi restoranda hech kim yo‘q, 13 mart. London.
Islom dinining Makkadagi muqaddas qadamjosi Katta masjiddagi Ka'ba odatda odamlar bilan liq to‘ladi. Biroq 6 martda deyarli hech kim yo‘q edi.
Yo‘lovchi Pekin Dasin xalqaro aeroportining ro‘yxatga olish hududidan o‘tib boryapti.
Kochidagi kimsasiz teatr, 11 mart. Hindiston.
Ushbu aerofotoda Uhanning bo‘m-bo‘sh ko‘chasi aks etgan, 16 fevral. Xitoy.
Quddusdagi vokzal zalida hech kim yo‘q, 11 mart.
Odatda turistlar bilan to‘la bo‘ladigan Rim ziyoratgohlarida hech kim yo‘q. 10 mart.
Pragadagi Milliy teatr, 10 mart. Chexiya hukumati 100 kishidan ortiq odam ishtirok etadigan barcha tadbirlarni o‘tkazishni taqiqlagan.
Mate Xamori Ferens List nomidagi musiqa akademiyasida dirijyorlik qilmoqda. 13 mart. Budapesht, Vengriya.
Bryusseldagi Yevropa parlamentining ichki qismi, Belgiya. 11 mart. Binodagi 100dan ortiq dasturlar bekor qilingan.
Sietldagi Amazon shtab kvartirasi 10 mart kuni deyarli bo‘m-bo‘sh holatda. Kompaniya o‘z xodimlariga uydan turib ishlashni tavsiya qilgan.
11 mart kuni Germaniyaning Menxengladbax shahridagi professional futbol o‘yin ishqibozlarsiz o‘tdi.
4 mart kuni Italiyadagi Milan soborida bir necha kishinigina ko‘rish mumkin edi.
Nyu-Yorkdagi ko‘cha, restoran va qahvaxonalar yopiq, 11 mart.
Missuri Senati palatasida 12 mart kuni senatorlar majlisni kechiktirishga qaror qilishdi.
Parijdagi Luvr muzeyi 1 mart kuni yopildi.
Pxuket plyajidagi bo‘m-bo‘sh stullar, 11 mart. Tayland.
Kompaniya xodimlari 5 fevral kuni kazino yopilgach, Venesian Makaosi bo‘ylab o‘tishmoqda.
4 mart kuni Rimning Sapiyensa universitetidagi xona.
Hongkongdagi Sha Tin ippodromidagi jamoat stendlari oldida chopayotgan otlar, 23 fevral.
Taomlarni yetkazib berish xizmati xodimi deyarli kimsasiz savdo markazi bo‘ylab niqob taqqan holda ketib boryapti, 27 fevral. Pekin.
Mavzuga oid
21:59 / 27.11.2022
Xitoyda koronavirus cheklovlariga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda
00:22 / 26.11.2022
Pekinda koronavirus avj olgani tufayli yangi cheklovlar kiritilmoqda
22:24 / 07.11.2022
Angliyada uy parrandalariga lokdaun e’lon qilindi
12:45 / 19.07.2022