O‘zbekiston | 21:16 / 31.03.2020
10817
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istondan O‘zbekistonga olib kelingan 564 kishi karantinga joylashtirilgan

O‘zbekistonning davlat chegaralari yopilishi munosabati bilan 23 martdan boshlab Qozog‘istonning Turkiston viloyati «Jibek-Joli» avtomobil o‘tkazish punktida vatanga qaytishni istagan O‘zbekiston fuqarolari to‘planishi kuzatildi.

Shu kuni ushbu nazorat-o‘tkazish punktida to‘plangan fuqarolar soni 700 kishidan oshib ketdi. 

Soat 21:30gacha 564 nafar yurtdoshimiz sanitariya me'yorlariga rioya qilingan holda maxsus transport vositalarida O‘zbekiston hududiga olib o‘tildi va karantinga joylashtirildi.

Fuqarolardagi zo‘riqishni bartaraf etish va O‘zbekiston hukumati ko‘rayotgan chora-tadbirlarning mohiyatini tushuntirish maqsadida shu kuni O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi tashabbusi bilan Qozog‘iston Respublikasidagi «Do‘stlik» o‘zbeklar etnik-madaniy uyushmalari assotsiatsiyasi raisi Ikrom Hoshimjonov ular o‘rtasida tushuntirish ishlari olib bordi.

Shu bilan birgalikda I.Hoshimjonov boshchiligida qozog‘istonlik bir guruh o‘zbeklar xayriya aksiyasiga qo‘l urib, chegarada to‘planib qolgan O‘zbekiston fuqarolariga palov tayyorlab tarqatishdi.

Qozog‘istonlik millatdoshlarimiz tomonidan ko‘rsatilgan yordam, «Do‘stlik» assotsiatsiyasi faollarining xayrli tashabbuslari o‘zbek-qozoq xalqlari o‘rtasidagi do‘stlikning haqiqiy tasdig‘i bo‘ldi.

Mavzuga oid