Urgutda turmush o‘rtog‘iga OITS yuqtirgan 45 yoshli erkakning ozodligi 3,5 yilga cheklandi
Mazkur ish jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudida A.Ahmadov raisligida ko‘rib chiqildi.
Ma'lum bo‘lishicha, tumanning «Vatkan-Qo‘zibek» mahallasida yashovchi fuqaro Z.X.da 2009 yil 30 noyabrda OITS kasalligi tasdiqlangan. Z.X. OIV/OITS kasalligi virusini boshqa shaxslarga yuqtirmaslik to‘g‘risida rasman ogohlantirilgan.
Shunga qaramay, turmush o‘rtog‘iga bu haqda aytmasdan yashab kelgan, kasallik yuqtirishi mumkin bo‘lgan holatning oldini olmagan.
Buning oqibatida turmush o‘rtog‘i Sh.S. ham OITS bilan xastalanib, tegishli tartibda ro‘yxatga olingan.
Z.X. sudda aybiga to‘liq iqrorlik bildirgan. Uning turmush o‘rtog‘i haqiqatan ham erining OISTga chalinganini bilmagani, ammo unga nisbatan da'vosi yo‘qligini aytib, suddan turmush o‘rtog‘iga yengillik berishni so‘ragan.
Z.X. muqaddam sudlangan bo‘lib, 2009 yilda jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi, 25-, 273-moddasi 5-qismi bilan aybli deb topilib (giyohvand vositalariga doir), 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Past Darg‘om tuman sudining 2010 yil 29 iyunda o‘talmay qolgan 2 yil 2 oy 18 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi shu muddatga axloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirilgan. 2010 yil 22 oktabrda esa amnistiya aktiga asosan jazodan ozod qilingan.
Sud Z.X.ga uzil-kesil 3 yil 6 oy ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.
Mavzuga oid
10:06 / 19.09.2024
“Omonqo‘ton” milliy tabiat bog‘idagi noqonuniy yo‘l: prokuratura jinoyat ishi qo‘zg‘atdi
19:00 / 13.09.2024
Urgutda tabiatga 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi
10:59 / 21.08.2024
Turmush o‘rtog‘ini o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazgan yana bir erkak 9 yilga qamaldi
09:42 / 09.07.2024