O‘zbekiston | 10:05 / 01.04.2020
72910
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 173taga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 1 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangani to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Endilikda O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 173tani tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda koronavirusning ilk bemori 15 mart kuni qayd etilgandi. Shu vaqtgacha bemorlarning 8 nafari tuzaldi, ikki kishi vafot etdi.

Ayni vaqtgacha Toshkent shahridan tashqari Farg‘ona, Namangan, Andijon, Xorazm, Buxoro, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida ham koronavirus tashxisi qo‘yilgan 163 bemor davolanmoqda.

Mavzuga oid