Toshkentda reyd: maxsus ruxsatnomasiz avtomobil boshqarayotganlarga jarima solish boshlandi
2020 yil 30 martidan e'tiboran, Qoraqalpog‘iston respublikasi hamda O‘zbekistonning barcha shaharlari, jumladan Toshkent shahrida maxsus ruxsatnomalarsiz avtomobillar harakati taqiqlandi. Koronavirus tarqalishiga qarshi tashkil etilgan Respublika maxsus komissiyasiga ko‘ra, bundan ko‘zlangan maqsad aholi va avtomobillar harakatini keskin cheklashdir. Mazkur cheklovlar, 20 aprelgacha amal qilishi belgilandi.
Shu bilan birga, Davlat xizmatlari agentligi hamda my.gov.uz portali orqali kurerlik xizmatlari uchun maxsus ruxsatnomalar berish yo‘lga qo‘yildi. Bundan tashqari, yo‘nalishsiz taksilarga ham fuqarolarga xizmat ko‘rsatish taqiqlandi
Biroq...keskin choralar belgilanganiga qaramay, shaharlar, xususan, Toshkentda avtomobillar qatnovi kamaymayapti. Shu munosabat bilan, 31 martdan boshlab, Toshkent ShIIBB YHXB, Milliy gvardiya va SEN xodimlarining birgalikda reydi boshlandi. Ular stikersiz yurgan yoki maxsus ruxsatnomalarni qalbakilashtirgan haydovchilarni aniqlaydi.
Maxsus ruxsatnomasisiz harakatlanayotgan avtomobillar jarima maydonchasiga qo‘yiladi, avtomobil egalariga ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtiriladi. Bundan tashqari, qalbaki ruxsatnomalar egalariga jinoiy ish qo‘zg‘atish choralari ko‘riladi.
Toshkentda reyd: maxsus ruxsatnomasiz avtomobil boshqarayotganlarga jarima solish boshlandi 30 martdan shaharlarda maxsus ruxsatnomalarsiz avtomobillar harakati taqiqlandi. Maqsad avtomobillar va fuqarolarning harakatini cheklashdir. Biroq... Shaharlar, xususan, Toshkentda avtomobillar qatnovi kamaymayapti Shu munosabat bilan Toshkent ShIIBB, Milliy gvardiya va SENning qo‘shma reydi boshlandi.
Posted by Kun.uz on Tuesday, March 31, 2020
Mavzuga oid
12:24 / 08.01.2025
“Jarima chiptasizlar uchun” – Toshkent avtobuslarida yo‘lkirani naqd pulda to‘laydiganlarga jarima solinishi rad etildi
18:59 / 07.01.2025
“Egasini tuni bilan qidirdim” - dollar to‘la hamyonni onaxonga qaytargan serjant
16:47 / 07.01.2025
Toshkentdagi avtobuslarda yo‘lkirani naqd pul shaklida berganlar jarimaga tortiladi
12:38 / 05.01.2025