Boris Jonsonning ahvoli og‘irlashdi. U intensiv terapiya bo‘limiga o‘tkazilgan
Koronavirusga chalingan Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson sog‘ligi yomonlashgani sabab intensiv terapiya bo‘limiga o‘tkazildi.
Jonsonda 26 mart kuni virus aniqlangan, 5 aprel kuni Londondagi Sent Tomas kasalxonasiga yotqizilgan edi.
Bosh vazir ofisidan ma'lum qilishlaricha, 6 aprel kuni tushdan keyin uning holati yomonlashgan va intensiv terapiya bo‘limiga o‘tkazilgan.
«Bosh vazir mamlakatning birinchi vaziri – Tashqi ishlar vaziri Dominik Raabdan zarur hollarda uning o‘rnini egallashni so‘radi», – deyiladi rasmiy xabarda.
The Guardian`ning qayd etishicha, 55 yoshli Boris Jonson hushyor holatda, shifokorlarning qarori unga tezkor sun'iy nafas oldirish zarurati tug‘ilishi ehtimoli bilan bog‘liq.
Reuters`ning qo‘shimcha qilishicha, bundan avvalroq, bosh vazirda pnevmoniya kuzatilmayaptimi, degan savolga uning matbuot kotibi aniq javob bermagan.
Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya hukumati rahbarining kasalxonaga yotqizilishi unda koronavirus aniqlanganidan keyin 10 kun o‘tgan bo‘lsa ham, kasallik alomatlari yo‘qolmagani bilan izohlangan edi.
Dushanba kuni Birlashgan Qirollikda koronavirus yuqtirib olganlar soni 50 mingdan oshdi. Bor-yo‘g‘i 135 kishi sog‘aygan, qurbonlar esa 5300dan ortiq.
Mavzuga oid
21:52 / 17.09.2024
Buyuk Britaniya noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashga 75 mln funt ajratadi
20:09 / 14.09.2024
Britaniyada ayol farzandini «ikki marta tug‘di»
16:34 / 13.09.2024
Britaniya IIV rahbari mamlakatdagi “o‘g‘rilik epidemiyasi” haqida nutq so‘zlayotganda uning hamyonini o‘g‘irlab ketishdi
22:17 / 10.09.2024