Kattaqo‘rg‘onda ikki qavatli uyning bir qismi o‘pirildi. 2 kishi halok bo‘ldi, 5 kishi jarohatlandi
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida aholi yashovchi ko‘p qavatli uyda portlash sodir bo‘ldi.
12 aprel kuni soat 06:43da Kattaqo‘rg‘on shahri, «Go‘zalkent» mahallasi, Bobur ko‘chasida joylashgan ikki qavatli uylarning birida havo gaz aralashmasi chaqnashi natijasida chaqnash sodir bo‘lgan.
Portlash oqibatida ikki qavatli binoning bitta pod'yezdi qulab tushgan.
«Chaqnash oqibatida ikki nafar fuqaro olgan tan jarohatlari natijasida vafot etdi, besh nafar fuqaro turli tan jarohatlari bilan Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasiga joylashtirildi», deyiladi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabarida.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahar IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:09 / 20.12.2024
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi
10:13 / 01.08.2024
Kattaqo‘rg‘onda Nexia urib ketishi oqibatida erkak va uning 4 yoshli qizi halok bo‘ldi
21:38 / 22.05.2024
Kattaqo‘rg‘onda bog‘cha tarbiyalanuvchisi jarohatlandi. Uni boshqa bola tishlab tashlagani aytilmoqda
07:48 / 12.09.2023